Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

ELEKTRON RAQAMLI IMZO


ELEKTRON RAQAMLI IMZO

Hujjatni tasdiqlashning asosiy elementlaridan biri bu imzodir. Hujjatlarni raqamlash-tirish bilan birgalikda elektron raqamli imzo (ERI) yaratilishi, an’anaviy imzoning muqobil varianti bo‘lgan bu imzo-ning, elektron hujjatlarni imzolash va haqiqiyligini tekshirishda shaxsni tasdiqlashdagi ahamiyati kattadir.

Elektron raqamli imzo vaqt va pulni sezilarli darajada tejaydi hamda ikki yil muddatga beriladi.

U davlat xizmatlarining barcha turlariga masofadan kirishni ta’minlaydi va hujjatlarning haqiqiyliga kafolat bo‘lib xizmat qiladi hamda qalbakilashtirishdan himoya qiladi.

Elektron raqamli imzoni davlat xizmatlari markazida, masofadan (onlayn), yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan va   ro‘yxatga olish markazining rasmiy veb- saytida - e-imzo.uz.orqali olish mumkin.

Elektron raqamli imzoni ro‘yxatga olish markazining rasmiy veb-saytida elektron imzo olish bo‘yicha ko‘rsatmalar mavjud bo‘lib, uni olishni istagan yuridik yoki jismoniy shaxslar Davlat soliq qo‘mitasi ro‘yxatga olish markazining rasmiy veb-saytidagi davlat xizmatidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Elektron imzodan foydalanish uchun sertifikatni yuklab olib, kalitni saqlaganingizdan so‘ng, raqamli imzodan foydalanib, kalit parolini kiritgan holda my.gov.uz saytidagi shaxsiy kabinetingizga kirishingiz zarur bo‘lib, bunda elektron xizmatlarning mavjudligi davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish imkonini beradi.

Biznes sohasida ham korxonalarning mansabdor shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar elektron raqamli imzodan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Piskent tumani Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markaz boshlig‘i                     A.I.Ablazov