Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Yangi haydovchilik guvohnomasini onlayn olish


Yangi haydovchilik guvohnomasini onlayn olish

Yangi haydovchilik guvohnomalarini onlayn tarzda olish mumkinligidan xabardormisiz (ilgari faqat almashtirish mumkin edi). Hujjatni eng yaqin Davlat xizmatlari markazidan olish yoki pochta orqali uyga buyurtma qilish mumkin. Yangi haydovchilik guvohnomalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) my.gov.uz orqali onlayn tarzda olish mumkin. Xususan, 2023 yilning aprel oyidan hozirgacha faqat haydovchilik guvohnomasini masofadan almashtirish mavjud bolgan bolsa endilikda YAIDXP orqali yangi guvohnomani ham rasmiylashtirish mumkin.

Adliya vazirligining aniqlik kiritishicha guvohnomani olish uchun hech qanday hujjat talab qilinmaydi chunki barcha malumotlar tizimda mavjud. Hujjatni istalgan yaqin Davlat xizmatlari markazidan 1 ish kuni ichida olish yoki pochta orqali 2 ish kuni ichida uygacha buyurtma qilish mumkin. Yangi huquqlar uchun ID-karta yoki biometrik pasportdagi fotosuratdan foydalanish mumkin. Ammo yangi surat yaratish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ro‘yhatga olish va imtihon bo‘limiga ham tashrif buyurish mumkin.

 

Piskent tumani Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markaz boshlig‘i                     A.I.Ablazov