Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

YER UCHASTKALARINI XUSUSIYLASHTIRISH TARTIBI O‘ZGARDI


YER UCHASTKALARINI XUSUSIYLASHTIRISH TARTIBI O‘ZGARDI

Ma’lumki, avallari yerni xususiylashtirish mumkin bo‘lmaganligi sababli yer uchastkalaridan foydalanish va egalik qilish huquqi, shuningdek, yerga nisbatan daxlsizlik huquqlarining  buzilganlik holatlari aholi orasida xaqli e’tirozlarga sabab bo‘layotgan edi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  “Qishloq xo‘jaligiga  mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini  xususiylashtirish  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunini  amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 14 fevraldagi 71-sonli qaroriga  asosan,  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari va yuridik shaxslarga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiradigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini hususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishga doir ma’muriy reglamentlarning  tasdiqlanishi bu boradagi muammolarga barham beradi.

Unga ko‘ra, yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari DXM yoki YAIDXP orqali ko‘rsatilib, ariza tuman (shahar) qurilish bo‘limi hamda  kadastr idorasi  tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun “Yerxususiylashtirish” axborot tizimiga yuboriladi.

Kadastr idorasi  ariza tushgan kundan so‘ng  5 ish kuni davomida ma’lumotlarni tekshirib chiqadi  va shundan so‘ng tuman (shahar) qurilish bo‘limi  belgilangan 3 ish kunida yer uchastkasi joylashuvining muvofiqligini ko‘rib chiqqan holda uni “Yerxususiylashtirish” axborot tizimi orqali  ariza natijalari bo‘yicha xabarnomani  shakllantirib ariza  beruvchiga yuborishni tashkilllashtiradi.

Piskent tumani Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yursikonsulti                                                                             U.U.Tursunov