Янгиликлар
KO‘CHMAS MULKNI BIRLASHTIRISH TARTIBI
KO‘CHMAS MULKNI BIRLASHTIRISH TARTIBI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2sentyabrdagi "Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 535-sonli qarori bilan “Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash” davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan bo‘lib, unda ko‘chmas mulkni birlashtirish va bo‘lish tartibi belgilangan.
Ko‘chmas mulklarning huquq egalari yoki ularning vakillari dalolatnoma rasmiylashtirish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zlari kelib murojaat etadilar yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yoki Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadilar.
So‘rovnomani to‘ldirishda dalolatnoma kelishilgan holda, birlashtirilgan ko‘chmas mulkka kadastr yig‘majildini tayyorlash hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatlaridan foydalanish uchun ariza avtomatik tarzda shakllantirilishi zarur.
Dalolatnomani rasmiylashtirish birlashtirilayotgan ko‘chmas mulk egalarining belgilangan huquqiy so‘rovnomasi asosida amalga oshiriladi.
Bunda davlat xizmatini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yig‘im undirilib, Davlat kadastrlari palatasi filiali 10 ish kuni ichida joyiga chiqqan holda ko‘chmas mulkni bo‘lish imkoniyatini o‘rganadi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, filial xodimi joyning o‘zida mavjud chegara elementlari hamda huquq egalarining kelishuviga asosan ko‘chmas mulklarning yangi chegaralarini qayd etgan holda abris tayyorlaydi va tayyor abris ijrochi, shuningdek, huquq egalarining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Piskent tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yursikonsulti U.U.Tursunov