Янгиликлар
Xodimning to‘liq moddiy javobgarligi
Xodimning to‘liq moddiy javobgarligi
Xodimning to‘liq moddiy javobgarligi uning ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy zararning o‘rnini to‘liq miqdorda qoplash majburiyatidan iboratdir. Yetkazilgan zarar uchun to‘liq miqdordagi moddiy javobgarlik ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollardagina xodimning zimmasiga yuklatilishi mumkin.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar faqat qasddan yetkazilgan zarar uchun, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida yetkazilgan zarar uchun, shuningdek jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish natijasida yetkazilgan zarar uchun to‘liq moddiy javobgar bo‘ladi.
Piskent tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yursikonsulti U.U.Tursunov