Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Ko‘pchilik qarz oluvchilarni qiziqtiradigan savol — kredit muddatidan oldin yopilganida sug‘urta pulini qaytarish mumkinmi?


Ko‘pchilik qarz oluvchilarni qiziqtiradigan savol — kredit muddatidan oldin yopilganida sug‘urta pulini qaytarish mumkinmi?

Agar kreditni muddatidan oldin to‘liq yopsangiz, sug‘urta to‘lovining bir qismini qaytarib olish imkoniyati mavjud. Buning uchun, kredit yopilgandan so‘ng, bank bilan maslahatlashing va sug‘urta shartnomasini diqqat bilan o‘rganib chiqing. Agar shartnomada kredit muddatidan oldin yopilganda sug‘urta qaytarilishi haqida band bo‘lsa, sug‘urta uchun to‘langan summaning bir qismi qaytariladi. Ammo, shartnomada bunday qaytarish ko‘rsatilmagan bo‘lsa, pulni qaytarib olish imkoni bo‘lmasligi mumkin.

Misol uchun, agar avtokreditni bir yilda yopsangiz, 4 yillik sug‘urta to‘lovining faqat 1 yili foydalanilgan bo‘ladi va qolgan 3 yil uchun sug‘urta summasi qaytarilishi mumkin.

Fuqarolik kodeksining 948-moddasiga ko‘ra, agar sug‘urta hodisasi yuz berish ehtimoli yo‘qolsa yoki sug‘urta shartnomasi maqsadsiz bo‘lsa, shartnoma muddatidan oldin bekor bo‘ladi. Bu holatda, sug‘urtalovchi kredit yopilgunga qadar foydalanilgan vaqtga mutanosib ravishda to‘langan summani qaytarishi mumkin.

Demak, agar qarz oluvchi o‘z huquqlarini yaxshi bilsa va shartnomani to‘g‘ri o‘rgansa, u muddatidan oldin yopilgan kredit uchun sug‘urtaning bir qismini qaytarib olishi mumkin.

 

 

Oqqo’rg’on tumani Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti                                           M.Ahmadov