Янгиликлар
ISHDAN 1 SOAT OLDIN KETSAM BO‘LADIMI?
ISHDAN 1 SOAT OLDIN KETSAM BO‘LADIMI?
Davlat tashkilotida ishlayman, ikki yosh farzandim bor, ishdan ertaroq ketsam bo‘ladimi? Bu borada huquqlarim qanday?
Ha, ishdan ertaroq chiqish huquqingiz bor. Buni quyidagilar bilan asoslaymiz.
Mehnat kodeksining 183-moddasiga asosan ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog‘lig‘ining holati, mehnat shartlari, mehnat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari va boshqa holatlar hisobga olingan holda qonunchilikka hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq mehnatga to‘lanadigan haqni kamaytirmasdan ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilanadi.
O‘z navbatida, Mehnat kodeksi 397-moddasiga asosan 3 yoshga to‘lmagan bolaning byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ishlaydigan ota-onasidan biriga (vasiysiga) haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi.
Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlar mehnatiga haq to‘lash har kungi to‘liq ish davomiyligida ishlaydigan xodimlar uchun belgilangan miqdorda amalga oshiriladi.
Xulosa qilib aytganda, siz ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligidan foydalanish huquqiga egasiz. Ya’ni, ishdan 1 soat oldin chiqsangiz bo‘ladi. Bunda oylik maoshingiz tushirilmaydi.
Oqqo’rg’on tumani Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti M.Ahmadov