Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

YOZGI TA’TIL DAVRIDA TO‘LANGAN USTAMA UCHUN TO‘LANGAN PULLAR QAYTARIB OLINISHI MUMKINMI⁉️


YOZGI TA’TIL DAVRIDA TO‘LANGAN USTAMA UCHUN TO‘LANGAN PULLAR QAYTARIB OLINISHI MUMKINMI⁉️

 

Mehnat kodeksining 269-moddasiga asosan xodimga ortiqcha to‘langan ish haqi (shu jumladan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar noto‘g‘ri qo‘llanilganda) undan undirilishi mumkin emas, bundan quyidagi hollar mustasno:

hisoblashdagi xatolik;

agar yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organ tomonidan xodimning mehnat normalarini bajarmaganlikdagi aybi e’tirof etilgan bo‘lsa;

xodimning sud tomonidan belgilangan g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) sababli xodimga ortiqcha ish haqi to‘langan bo‘lsa.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ustama no‘to‘g‘ri to‘langanligi to‘g‘ri, ammo undirib olishi xato. Chunki mazkur ustama mas’ul shaxslarning qonunni to‘g‘ri anlamaganligi natijasida to‘langan va bu ularning muammosi.

 

Oqqo’rg’on tumani Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti                                           M.Ahmadov