Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Noyabr oyida 1 million so‘m miqdorda bir martalik moddiy yordam beriladi


Noyabr oyida 1 million so‘m miqdorda bir martalik moddiy yordam beriladi

 

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qaroriga asosan, isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir martalik moddiy yordam ajratiladi.

Moddiy yordam “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali aniqlangan oilalarga beriladi.

Shuningdek, mahalla kesimida qo‘shimcha ravishda aniqlangan, og‘ir sharoitda yashovchi oilalar ham ro‘yxatga kiritiladi.

Bosqichma-bosqich amalga oshirish tartibi:

1-sentyabrga qadar — ehtiyojmand oilalar dastlabki ro‘yxatga olinadi;

1-oktyabrga qadar — mahallalar kesimida qo‘shimcha ro‘yxatlar shakllantiriladi;

5-oktyabrga qadar — ro‘yxatlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga topshiriladi;

20–25-oktyabr kunlari — yakuniy ro‘yxatlar tasdiqlanadi;

25-noyabrdan 27-noyabrgacha — “Xalq banki” orqali moddiy yordam pullari to‘lab beriladi.

Mablag’ miqdori:

Har bir ehtiyojmand oilaga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratiladi.

Kimlar oladi:

Bolalar nafaqasi oluvchi oilalar;

“Kambag‘al oilalar” ro‘yxatida bo‘lganlar;

Nogironligi bo‘lgan yoki uzoq muddat davolanishga muhtoj a’zolari bor oilalar;

Gaz ta’minotisiz yoki og‘ir ijtimoiy ahvolda yashovchi xonadonlar.

 

Chinoz tumani Adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish

markazi boshlig’i                                                                  N.Nazarimbetov