Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit beriladi


Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit beriladi

 

“Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2025-yilda xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashning asosiy maqsadli ko'rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

-         2 million nafar xotin-qizlarning bandligini ta'minlash;

-         250 ming nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qitish;

-         250 ming nafar xotin-qizlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish;

- 50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda sog'lomlashtirish hamda ularda tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha motivatsion seminarlar tashkil etish.

“HAMROH” tadbirkor ayollarni qo'llab-quvvatlash dasturi doirasida 2025-yil 1-maydan:

- xotin-qizlarga “yashil loyihalar” va IT sohasidagi loyihalarni amalga oshirishiga, shuningdek, kamida 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yo'lga qo'yishga ko'maklashgan 1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 million so'mgacha grant ajratish yo'lga qo'yiladi;

- ijobiy kredit tarixiga ega bo'lgan xotin-qizlarga 100 mln so'mgacha garovsiz kredit ajratiladi;

- ayol tadbirkorlar tomonidan kredit hisobidan sotib olinayotgan asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kafillik taqdim etilishi yo'lga qo'yiladi.

 

Chinoz tumani Adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish

markazi boshlig’i                                                                  N.Nazarimbetov