Янгиликлар
Dekretdan qaytgan o’qituvchini attestattsiyaga jalb qilish
Dekretdan qaytgan o’qituvchini attestattsiyaga jalb qilish
Agar o’qituvchi xodim homiladorlik, tug‘ish yoki bola parvarishi ta’tilidan so‘ng ishga qaytagan bo‘lsa, u ish boshlagan sanadan boshlab 1 yil mobaynida majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi. Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 6-bandida belgilangan.
Shuningdek, ushbu nizomning 48-bandiga muvofiq, ushbu muddatda xodimning mavjud toifasi saqlanadi va tegishli toifa bo‘yicha mehnatga haq to‘lash tartibi davom ettiriladi. Xodim qonun asosida bir yil davomida attestatsiyadan ozod etiladi va toifasi saqlanadi.
Chinoz tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish
markazi boshlig’i N.Nazarimbetov