Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Mehnat daftarchasi yo‘qotilgan taqdirda qanday tiklanadi?


Mehnat daftarchasi yo‘qotilgan taqdirda qanday tiklanadi?

 

Mehnat daftarchasi yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda, shuningdek, foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib qolgan (yirtilgan, yongan, yozuvlari bo‘yalgan) hollarda mehnat daftarchasining dublikati xodimning oxirgi ish joyidan beriladi.

Mehnat daftarchasini yo‘qotgan shaxs bu to‘g‘rida zudlik bilan oxirgi ish joyiga yozma xabar berishi lozim. Xabarnomadan so‘ng 15 kundan kechiktirmasdan ish beruvchi xodimga birinchi betini yuqori qismining o‘ng tomoniga «Dublikat» deb yozilgan holda yangi mehnat daftarchasini beradi.

Mehnat daftarchasining dublikati umumiy qoidalarga binoan to‘ldiriladi. Mehnat daftarchasining dublikati to‘ldirilayotganda “Ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limida oxirgi ish joyidagi ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilgarigi buyruqlar asosida yoziladi.

Bordiyu, xodim mazkur tashkilotga ishga kirmasdan oldin ishchi yoki xizmatchi vazifasida ishlagan bo‘lsa, unda mehnat daftarchasi dublikati “Ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limining 3-ustuniga, mazkur tashkilotga ishga kelmasdan ilgarigi ishlagani to‘g‘risidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan umumiy ish staji yoziladi.

Mehnat daftarchasi egasining oldingi umumiy ish staji jamlanib, ya’ni qaysi tashkilotda, qaysi davrda va qaysi lavozimlarda ishlagan yillari, oylari va kunlari umumiy tarzda yoziladi. Masalan: bir ish joyida boshqa ishga o‘tkazilishi va boshqalar ko‘rsatilmaydi.

 

Chinoz tumani Adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish

markazi boshlig’i                                                                  N.Nazarimbetov