Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Haydovchilik guvohnomasi yo'qolganda yangisini olish tartibidan xabardormisiz?


Haydovchilik guvohnomasi yo'qolganda yangisini olish tartibidan xabardormisiz?

Ariza beruvchi haydovchilik guvohnomasini yo‘qolgani o‘rniga yangisini olish uchun DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki mustaqil tarzda YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.

Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasi o‘rniga yangisini berish bo‘yicha murojaat qilgan shaxslar:

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va/yoki talonining rasmi (orqa hamda old tomoni) (mavjud bo‘lsa)ni taqdim etadi.

Ariza beruvchi yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasi o‘rniga yangi guvohnoma olish uchun murojaat qilganda uning avtomototransport vositasini boshqarishga bo‘lgan huquqi mavjudligi yoki bu huquqdan mahrum etilmaganligi tizimda tasdiqlangandan so‘ng unga shu vaqtning o‘zida to‘lov invoysi taqdim etiladi.

Agar ariza beruvchining yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasi haqidagi ma’lumotlar tizimda aniqlanmaganda ariza beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish bo‘yicha Nizom asosida DYHXX organlariga umumiy tartibda murojaat qiladi.

 

Yuridik xizmat ko’rsatish

markazi boshlig’i                                                                  N.Nazarimbetov