Янгиликлар
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi
Hukumat qarori (672-son, 24.10.2025 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi to‘g‘risida ”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashining faoliyatini tashkil etish hamda tadbirkorlik sub’ektlari va soliq organlari o‘rtasida yuzaga kelgan soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqish va ular yuzasidan xulosalar berish tartibini belgilaydi.
Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi, jumladan:
tadbirkorlik sub’ektlari va soliq organlari o‘rtasida yuzaga kelgan soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqish hamda ular yuzasidan xulosalar berish;
soliq qonunchiligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning qo‘llanishini o‘rganish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqishda biznes hamjamiyati, davlat organlari va tashkilotlari hamda ilmiy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish.
Kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
Kengash majlislari bir oyda kamida ikki marta o‘tkaziladi.
Chinoz tumani adliya bo‘limi YuXKM
bosh yuriskonsulti F.Allaberganov