Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Ayrim tibbiyot xodimlari farzandlarining kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi


Ayrim tibbiyot xodimlari farzandlarining kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi

 

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 apreldan davlat tibbiyot muassasalarining ish vaqti rejimi 5 kunlik ish haftasiga o‘tkazilsin.

Bunda tibbiyot muassasalari ish faoliyatining uzluksizligini ta’minlash uchun bayram va dam olish kunlari navbatchilik asosida ishlash yo‘lga qo‘yiladi.

2026 yil 1 yanvardan davlat tibbiyot muassasalarida:

tuman (shahar) darajasida yangi davolash usullarini joriy qilgan va uning ijobiy samarasiga erishgan tuman (shahar) tibbiyot muassasalari shifokorlariga BHMning 50 baravari miqdorida 1 martalik pul mukofoti beriladi;

kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmasevtika xodimlarining farzandlariga oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha yillik kontrakt summasining 30 foizi, biroq BHMning 15 baravaridan oshmaydigan qismi qoplab beriladi;

har yili davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan 500 nafar tibbiyot va farmasevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining 25 foizi qoplab beriladi.

 

 

 

Chinoz tumani adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                               A.I.Teshaboev