Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Tibbiyot va farmasevtika xodimlari moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.


Tibbiyot va farmasevtika xodimlari moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.

 

“Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–336-son, 09.11.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yildan davlat tibbiyot muassasalari xodimlari Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan har yili mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida rag‘batlantiriladi.

Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan har yili quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi:

“Eng yaxshi respublika shifoxonasi rahbari”, “Eng yaxshi hududiy sog‘liqni saqlash organi rahbari”;

har bir hududda:

“Eng yaxshi tuman (shahar) sog‘liqni saqlash organi rahbari”, “Eng yaxshi oilaviy poliklinika rahbari”, “Eng yaxshi tuman (shahar) shifokori” va “Eng yaxshi tuman (shahar) o‘rta tibbiyot xodimi”;

“Eng yaxshi oilaviy poliklinika”, “Eng yaxshi tuman (shahar) shifoxonasi” va “Eng yaxshi hududiy shifoxona”.

Tanlov natijalari asosida g‘oliblar quyidagi miqdorlarda 1 martalik rag‘batlantiriladi:

tibbiyot muassasalari – 500 mln so‘m;

tibbiyot va rahbar xodimlar – 30 mln so‘m.

 

 

 

Chinoz tumani adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                               A.I.Teshaboev