Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Narkojinoyatlar uchun javobgarlik og‘irlashtiriladi



Narkojinoyatlar uchun javobgarlik og‘irlashtiriladi

 

Farmonga ko‘ra,   narkojinoyatlar sodir etilishi va qayta sodir etilishining oldini olish maqsadida quyidagi qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik 2 baravargacha og‘irlashtiriladi, jumladan:

giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ko‘p miqdorda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, shuningdek, ularni noqonuniy ravishda ko‘p miqdorda har qanday usulda o‘tkazish;

alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasini ko‘p miqdorda va takroran sodir etish;

giyohvandlik vositalarini har qanday shaklda iste’mol qilishga jalb etish odam o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lganda.

Shuningdek, voyaga yetmagan va yoshlarni narkojinoyatlardan himoya qilish maqsadida quyidagilar belgilandi:

har qanday narkojinoyatni voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan yoki ularni jalb qilgan holda sodir etishni jinoiy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holati sifatida qayd etish;

ta’lim tashkilotlari, talabalar yotoqxonalari, bolalar oromgohlarida yoki ta’lim tashkilotlariga tutash hududlarda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni o‘tkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni 2 baravargacha og‘irlashtirish.

Bundan tashqari, ayrim narkojinoyatlarni sodir etgan shaxslarni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilmaslik tartibi joriy etiladi.

 

 

 

Chinoz tumani adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                               A.I.Teshaboev