Янгиликлар
YaMMT orqali qayd etilgan qonun buzilishlari boʻyicha elektron ma'muriy qaror qabul qilish tizimi joriy etiladi
YaMMT orqali qayd etilgan qonun buzilishlari boʻyicha elektron ma'muriy qaror qabul qilish tizimi joriy etiladi
Farmonga koʻra, 2025 yil 1 sentyabrdan xodimlari 50 nafargacha boʻlgan xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi va qurilish sohasidagi xoʻjalik yurituvchi sub'ektlarga YaMMTda biometrik identifikasiya qilish (Face-ID) orqali elektron mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishni rasmiylashtirishga ruxsat beriladi.
2025 yil 1 sentyabrdan
Davlat mehnat inspektorlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar haqida vakolatli organni oldindan xabardor qilish tartibi bekor qilinadi; “Xavfni tahlil etish” tizimining tahlil natijalariga asosan oʻtkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorni xabardor qilish tartibi davlat mehnat inspektorlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlarga tatbiq etilmaydi.
2026 yil 1 yanvardan YaMMT orqali qayd etilgan mehnat qonunchiligi buzilishini ish beruvchi ishtirokisiz koʻrib chiqish va qonunbuzilishi holatlari boʻyicha elektron ma'muriy qaror qabul qilish tizimi joriy etiladi.
Chinoz tumani adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuriskonsulti Hamroyev Otabek Jo’raqulovich