Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Kimlar talabalar turar joylariga ustivorlik asosida qabul qilinadi.


Kimlar talabalar turar joylariga ustivorlik asosida qabul qilinadi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.08.2023 yildagi 376-son qaroriga ko‘ra, quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:

- "Mehribonlik uylari" tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;

- "Ijtimoiy himoya yagona reyestri", "Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda "Yoshlar daftari"da turadigan talabalar;

- I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;

- 1 oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida 2 yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari;

- xalqaro fan olimpiadalari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;

- "Yil talabasi" va "Talabalar teatr studiyalari" ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan talabalar;

- oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan "Zakovat" intellektual o‘yinining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;

- talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar.

 

Chinoz tumani adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                     Hamroyev Otabek Jo’raqulovich