Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Rieltorlik tashkilotlari tomonidan ko‘chmas mulk ob’ektlarini ishonchli boshqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibi belgilandi


Rieltorlik tashkilotlari tomonidan ko‘chmas mulk ob’ektlarini ishonchli boshqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibi belgilandi

 

Adliya vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (4-son RXMS) «Ko‘chmas mulk ob’ektlarini ishonchli boshqarish»ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruq (ro‘yxat raqami: 3701, 11.11.2025 y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, rieltorlik tashkilotlari ko‘chmas mulk ob’ektlarini mulkdorlar manfaatlarini hisobga olgan holda boshqarish, ijaraga berish, ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish, daromad va xarajatlarni boshqarish kabi xizmatlarni professional asosda amalga oshiradi.

Standart bilan quyidagi mezonlar belgilandi:

ko‘chmas mulk ob’ektlarini ishonchli boshqarishning tashkiliy jihatlari;

ishonchli boshqaruvchi va mulkdor o‘rtasidagi huquq-majburiyatlar;

ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bo‘yicha talablar;

boshqaruvning shaffofligi va samaradorligini ta’minlash.

Mazkur milliy standart jismoniy va yuridik shaxslar uchun ko‘chmas mulkdan samarali foydalanish, foyda olish va mulk qiymatini oshirish imkoniyatini yaratadi.

 

Chinoz tumani adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                     Hamroyev Otabek Jo’raqulovich