Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Moddiy yordam


Moddiy yordam

Moddiy yordam - bu ish beruvchining o‘z xodimlariga ma’lum bir hodisalar yuz berganda to‘laydigan pul mablag‘lari.

Ish beruvchi xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatish tartibi va holatlarini mustaqil belgilaydi.         

Moddiy yordam berilishi mumkin bo‘lgan ayrim holatlar:

  • xodimning nikoh qurishi;
  • xodim oilasida bola tug‘ilishi;
  • xodimni yoki uning farzandlarini davolash (masalan, dori-darmonlarni sotib olish, pullik tibbiy xizmatlarni olish va boshqalar);
  • xodimning oila a’zosining vafoti (masalan, onasi, otasi, turmush o‘rtog‘i);
  • xodimning nafaqaga chiqishi;
  • oziq-ovqat ko‘rinishidagi yordam va boshqalar.

Qoida tariqasida, moddiy yordam olish uchun asoslar loqal normativ hujjatlarda - jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida belgilanadi. Unda qanday hujjatlar taqdim etilishi kerakligi, moddiy yordam miqdori, to‘lov shartlari va boshqa shartlar ko‘rsatiladi.

Jamoa shartnomasida moddiy yordam to‘lashning aniq miqdori yoki muayyan holatdan kelib chiqib belgilanishi mumkin.

Agar moddiy yordam ko‘rsatish shartlari belgilanmagan bo‘lsa, tashkilot rahbari xodimning iltimosiga binoan to‘lovlarni mustaqil ravishda hal qilishi mumkin.

Moddiy yordam olish uchun xodim boshliq nomiga asoslantirilgan ariza yozishi kerak. Ish beruvchi bu masalani ko‘rib chiqadi va ijobiy natija bo‘lsa, buyruq chiqaradi.

 

Yangi yo’l tumani Adliya bo’limi

YXKM Bosh yuriskonsult                                            Sh.Amriyev