Янгиликлар
Davlat xizmatlarini koʻrsatishda hujjatlar soni qisqartiriladi
Davlat xizmatlarini koʻrsatishda hujjatlar soni qisqartiriladi
Yurtimizda aholiga qulaylik yaratish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni kamaytirish hamda davlat xizmatlarini tez va sifatli koʻrsatishni taʼminlash maqsadida yangi islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, endilikda davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida talab qilinadigan hujjatlar soni sezilarli darajada qisqartiriladi.
Avvallari fuqarolar turli maʼlumotlarni olish yoki ruxsatnomalarni rasmiylashtirish uchun bir necha tashkilotlarga borib, bir xil maʼlumotlarni qayta-qayta topshirishlariga to‘g‘ri kelar edi. Endi esa bu jarayon elektron axborot tizimlari orqali soddalashtirilmoqda. Davlat organlari oʻzaro maʼlumot almashadi va fuqarodan faqat zarur boʻlgan minimal hujjatlar so‘raladi.
Mazkur yondashuv “raqamli davlat” konsepsiyasini amalda ro‘yobga chiqarishga, vaqt va mablag‘ tejalishiga, eng muhimi, xalqning davlat idoralariga boʻlgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi.
Mutasaddilar taʼkidlashicha, hujjatlar sonini qisqartirish bilan bir qatorda, davlat xizmatlarini koʻrsatish muddati ham qisqartiriladi. Bu esa tadbirkorlar va fuqarolarning ishini yanada yengillashtiradi.
Xulosa qilib aytganda, davlat xizmatlarini koʻrsatishda hujjatlar sonining kamaytirilishi – aholining hayotini soddalashtirish, byurokratiyani bartaraf etish va raqamli boshqaruv tizimini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Yangiyo‘l tuman bosh yuristkonsulti. N.Norova