Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Yoshlar bilan ishlashda yangi bosqich


Yoshlar bilan ishlashda yangi bosqich

Mamlakatimizda yoshlar masalasi har doim e’tiborda bo‘lgan. Endilikda esa har bir mahallada yoshlar bilan ishlash tizimini yanada samarali qilishga qaratilgan ishlar faol olib borilmoqda.

Yoshlar – jamiyatning eng faol va tashabbuskor qatlami. Shu bois, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ijtimoiy faolligini oshirish masalasi dolzarbdir. Har bir mahallada yoshlar yetakchilari faoliyatini yanada kuchaytirish, ularni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratilmoqda.

“Yoshlar daftari” yuritilishi, ishsiz yoki ta’limdan chetda qolgan yoshlar bilan manzilli ishlash tizimi joriy etilishi buning yaqqol namunasidir. Shu bilan birga, sport, madaniyat, tadbirkorlik va ijtimoiy loyihalarga jalb etilgan yoshlar soni ortib bormoqda.

Davlat tomonidan yaratilib kelayotgan imkoniyatlar natijasida ko‘plab yoshlar o‘z biznesini boshlamoqda, kasb-hunar o‘rganmoqda va jamiyat hayotida faol ishtirok etmoqda. Bu nafaqat yoshlarning bandligini ta’minlaydi, balki mahalla ijtimoiy hayotining barqarorligiga ham hissa qo‘shadi.

Shu bois, mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini samarali tashkil etish – jamiyatimiz kelajagi, kelajak avlodimizning barkamol bo‘lishi yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

 

 

                                     Yangiyo‘l tuman bosh yuristkonsulti. N.Norova