Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Kimga nechchi soat – umumtaʼlim muassasalarida dars soatlari qanday taqsimlanadi?


Kimga nechchi soat – umumtaʼlim muassasalarida dars soatlari qanday taqsimlanadi?



Qonunchilikka koʻra, umumtaʼlim muassasalari umumiy oʻrta taʼlimning tayanch oʻquv rejasi asosidahar yili 10 sentabrga qadar umumtaʼlim muassasasining dars soatlari setkasini shakllantiradi.

Umumtaʼlim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida koʻrib chiqilib, har yili 15 sentabrga qadar oʻqituvchilarga dars soatlari quyidagi koʻrsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:

— xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;

— oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;

— chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi boʻyicha xalqaro sertifikatlarga ega oʻqituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);

— TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan oʻqituvchilar;

— asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;

—oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblari;

—respublika bosqichidagikoʻrik tanlovlarda (yil oʻqituvchisi) sovrinli oʻrinlarga ega boʻlgan oʻqituvchilar;

— oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;

— birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;

—asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi gʻoliblarining oʻqituvchilari;

— ikkinchi malaka toifaga ega oʻqituvchilar;

— pedagogik yoʻnalish boʻyichamagistr darajasigaega oʻqituvchilar;

— belgilangan tartibda oʻz fanidan oʻtkazilgannazariy va amaliy sinovlar natijasi boʻyicha aʼlo baholarga ega oʻqituvchilar;

—oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar;

— qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar;

— oliy taʼlim muassasalarining pedagogik yoʻnalish boʻyicha bitiruvchi bosqich talabalari;

— pedagogik yoʻnalish boʻyicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan oʻqituvchilar;

— oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar;

— oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari.

Pedagogik kengash tomonidan dars soatlariqayta taqsimlanishi mumkin.

Shuningdek, ustunlikka ega boʻlgan oʻqituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi.

Maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega boʻlgan oʻqituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin boʻlgan dars soatlari boshqa oʻqituvchilarga berilishi mumkin.

Oʻqituvchi koʻrsatkichlarning bir nechtasiga ega boʻlganda, koʻrsatkichlarning eng ustuvorini inobatga olganholda dars soatlari taqsimlanadi.

Aynanbir xil koʻrsatkichlar mavjud boʻlgan bir nechta oʻqituvchilar oʻrtasida dars soatlari teng taqsimlanadi.

Taʼkidlash lozimki, umumtaʼlim muassasalarining oʻqituvchilariga yillik bir yarim stavkadan (yillik 2 322 soat) ortiq dars soatlari belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Bo’stonliq tuman adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                                     B.I.Valiyev