Янгиликлар
Davlat xizmatchilariga nisbatan ahloqiy taʼsir choralari va intizomiy jazolar qoʻllanilishining oʻziga hos jihatlari
Davlat xizmatchilariga nisbatan ahloqiy taʼsir choralari va intizomiy jazolar qoʻllanilishining oʻziga hos jihatlari
Qonunchilikka koʻra, lavozim yoʻriqnomasiga va Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga, shuningdek qonunchilikda belgilangan cheklovlargarioya etmaganligi uchun davlat fuqarolik xizmatchisiganisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin.
Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas:
▪️oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga yoki uning nazorati ostida boʻladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
▪️pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
▪️tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga;
▪️tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subʼektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada boʻlgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno;
▪️ oʻzi xizmat qilayotgan davlat organi nazorati ostidagi yoki u bilan aloqalar va manfaatlarga ega boʻlgan tashkilotlardagi ulushlarni, paylarni va aksiyalarni bevosita yoki vakillar orqali olishga;
▪️oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga;
▪️ chet davlat fuqaroligini olishga;
▪️qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqei bilan bogʻliq holda foydalanishga;
▪️Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno;
▪️oʻzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga.
Ushbu talablarga rioya qilmagan davlat fuqarolik xizmatchilariga quyidagiintizomiy jazo choralariqoʻllanilishi mumkin:
▪️ hayfsan;
▪️ oʻrtacha oylik ish haqining oʻttiz foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima;
▪️ malaka darajasini pasaytirish;
▪️ davlat fuqarolik xizmati lavozimini pasaytirish;
▪️ egallab turgan davlat fuqarolik xizmati lavozimidan ozod qilish.
Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat faoliyatiga oid, xizmatdan tashqari, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarga oid, xizmat faoliyatidagi tashqi koʻrinish va kiyinish uslubiga oid, kasbiy madaniyatga oid umumiyodob-ahloq qoidalariga, manfaatlar toʻqnashuvi talablariga rioya etmaslikholati ularga nisbatan axloqiy va intizomiy taʼsir choralarini qoʻllash uchun asosboʻladi.
Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun Odob-axloq komissiyasi tomonidan davlat xizmatchilariga quyidagiaxloqiy taʼsir choralari qoʻllaniladi:
▪️ ogohlantirish;
▪️uzr soʻrash yoki rasmiy uzrnoma keltirishni talab qilish;
▪️davlat organlari va tashkilotlarining kollegial yigʻilishlarida tanbeh berish.
Bo’stonliq tuman adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti B.I.Valiyev