Янгиликлар
“Yashil” tashabbuslar qanday qoʻllab-quvvatlanadi? Issiqxona gazlarini cheklash. 5 muhim qoida
“Yashil” tashabbuslar qanday qoʻllab-quvvatlanadi? Issiqxona gazlarini cheklash. 5 muhim qoida
Mamlakatimizda iqlim oʻzgarishining oldini olish, uning salbiy taʼsirini kamaytirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo sohani tartibga solish uchun qonun va normativ baza yaratilmaganligi sababli issiqxona gazlarining chiqarilishini kamaytirishda iqtisodiy, texnologik va ekologik yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini cheklamoqda.
Qabul qilingan yangi“Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonunning maqsadi issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
1. Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash uchun qanday choralar koʻrish lozim?
Issiqxona gazlarini cheklashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
— issiqxona gazlari chiqarilishining davlat hisobini yuritish;
— issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni belgilash;
— issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish va ularning tutib qolinishini oshirish boʻyicha faoliyatni qonunchilikda belgilangan tartibda qoʻllab-quvvatlash.
2.“Yashil” loyihalar nima?
“Yashil” loyiha — issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirishni (bartaraf etishni) yoki tutib qolinishini koʻpaytirishni taʼminlovchi tadbirlar majmuidir.
Yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar “yashil” loyihalarni amalga oshirish huquqiga ega. Ushbu shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarni “yashil” loyihalar jumlasiga kiritish mezonlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
“Yashil” loyihalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar uglerod birliklari reyestriga kiritiladi.
“Yashil” loyihani amalga oshirish natijasida muomalaga chiqarilgan uglerod birliklari ushbu“yashil”loyihani bajaruvchining uglerod birliklari reyestridagi hisobiga kiritiladi.
Muomalaga chiqarilgan uglerod birliklari Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlari uchun issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish maqsadli koʻrsatkichlariga erishilishini baholashda hisobga olinadi.
“Yashil” loyihalarni roʻyobga chiqarishga doir faoliyatni qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Faoliyati issiqxona gazlarini chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning qanday huquqlari bor?
Faoliyati issiqxona gazlarini chiqarish bilan bogʻliq quyidagi huquqlar mavjud:
— issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash boʻyicha strategiyalarni, dasturlarni, chora-tadbirlarni mustaqil ravishda belgilash, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno;
— issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirishda konsalting, reyting agentliklarini va boshqa agentliklarni mustaqil ravishda tanlash;
— “yashil” loyihalarni amalga oshirish natijasida hosil boʻlgan, muomalaga chiqarilgan uglerod birliklarining narxlarini bozor mexanizmlari asosida belgilash;
— “yashil” loyihalar doirasida qisqartirilgan issiqxona gazlarining muayyan ulushini (qismini) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda xalqaro uglerod bozorlarida sotish.
4.Uglerod birliklari reyestriga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
—yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning toʻliq nomi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik raqami va sanasi;
—soliq toʻlovchi boʻlgan yuridik shaxsning yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning identifikatsiya raqami;
— yuridik shaxs joylashgan yer yoki yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyi;
— amalga oshirilayotgan iqtisodiy faoliyat turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
— davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning raqami;
— “yashil” loyihani amalga oshirish natijasida muomalaga chiqarilgan uglerod birliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
— “yashil”loyihani amalga oshirish natijalari verifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
— uglerod birliklari bilan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
5. Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklashuchun quyidagi choralar koʻriladi:
— issiqxona gazlari chiqarilishining davlat hisobini yuritish;
— issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni belgilash;
— issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish va ularning tutib qolinishini oshirish boʻyicha faoliyatni qonunchilikda belgilangan tartibda qoʻllab-quvvatlash.
Bo’stonliq tuman adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti B.I.Valiyev