Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Imtiyoz olgan bemorlarga davlat byudjeti hisobdan tibbiy xizmat qanday tartibda koʼrsatiladi?


Imtiyoz olgan bemorlarga davlat byudjeti hisobdan tibbiy xizmat qanday tartibda koʼrsatiladi?



Vazirlar Mahkamasining 04.11.2025 yildagi “Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 697-sonli qarori qabul qilindi.

Hujjatga koʻra, Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:

— bemorlarni tibbiyot tashkilotlariga qabul qilish;

— bemorlarni tibbiyot tashkilotlariga yuborishda tibbiy xizmat koʻrsatish uchun yoʻllanmani shakllantirish;

— bemorlarni bir tibbiyot muassasasidan boshqasiga oʻtkazish va ularga tibbiy yordam koʻrsatish.

Shu bilan birga mazkur Nizom shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni talab qiladigan holatlarga tatbiq etilmaydi.

Imtiyozli toifaga mansub shaxs deb — oʻzining ijtimoiy ahvoliga yoki muayyan kasalliklarga chalinganligiga koʻra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadigan shaxsga nisbatan eʼtirof etiladi.

 

 

Bo’stonliq tuman adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                                      B.I.Valiyev