Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestrini yuritish tartibi qanday?


Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestrini yuritish tartibi qanday?



Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 387-moddasiga asosan,   Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar qoʻllanilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan intellektual mulk obyektlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Intellektual mulk obʼektlarining bojxona reyestriga kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestrini yuritadi va keyinchalik uni doimiy ravishda yangilab borgan holda oʻz rasmiy veb-saytida vaqti-vaqti bilan eʼlon qiladi.

Intellektual mulk obyektlari quyidagi hollarda Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestridan chiqarilishi kerak:

— huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining reyestrdan chiqarilish toʻgʻrisidagi murojaatiga koʻra;

— ushbu Kodeksning 385-moddasida koʻrsatilgan hujjatlardagi notoʻgʻri maʼlumotlar bojxona organi tomonidan aniqlanganda;

— intellektual mulk obyektining huquqiy muhofazasi belgilangan tartibda tugatilganda;

— intellektual mulk obyekti Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilgan kundan eʼtiboran uch yil oʻtgach;

— Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Apellyatsiya kengashining qarori asosida.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini intellektual mulk obyektlari Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestridan chiqarilganligi toʻgʻrisida uch ish kuni ichida yozma shaklda xabardor qiladi.

Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestrini yuritish tartibi va shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.

 

Bo’stonliq tuman adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                                     B.I.Valiyev