Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Ish beruvchining aliment ushlab qolish majburiyati


Ish beruvchining aliment ushlab qolish majburiyati

Qonunchilikka koʻra, aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning ish joyidagi ish beruvchi yoki pensiya, nafaqa, stipendiya olayotgan joyidagi tashkilot maʼmuriyati aliment toʻlash toʻgʻrisidaginotarial tartibda tasdiqlangan kelishuvga yoki ijro varaqasiga asosanaliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning ish haqidan va (yoki) boshqa daromadidan har oyda aliment ushlab qolib, aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsga ish haqi toʻlangan va (yoki) boshqa daromadlar olingan kundan boshlab,3 kundan kechiktirmayaliment oluvchi shaxsga aliment toʻlashi yoki aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning hisobidan unga oʻtkazishi shart.

Shuningdek, sudning hal qiluv qarori yoki aliment toʻlash toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv boʻyicha aliment ushlab qolishi lozim boʻlgan ish beruvchi (tashkilot maʼmuriyati) aliment toʻlovchi shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida, shuningdek uning yangi ish, oʻqish joyi yoki turar joyi unga maʼlum boʻlsa, bu haqda sudning hal qiluv qarori ijro etiladigan joydagi davlat ijrochisiga yoki aliment oluvchi shaxsga 3 kun muddat ichida xabar berishi shart.

Aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxs ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatda oʻz ish, oʻqish joyi yoki turar joyi oʻzgarganligi haqida, shuningdek qoʻshimcha ish haqi yoki boshqa daromadi toʻgʻrisida davlat ijrochisini hamda aliment oluvchi shaxsni xabardor qilishi shart.

Mazkur maʼlumotlarni belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga koʻra xabar qilmagan taqdirda, aybdor mansabdor shaxs va aliment toʻlovchi shaxs maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

 

Bo’stonliq tuman adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                                     B.I.Valiyev