Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Noshirlik sohasi takomillashtiriladi


Noshirlik sohasi takomillashtiriladi

Keyingi yillarda mamlakatimizda noshirlik faoliyati sohasini takomillashtirishga, sifatli adabiyotlarni chop etish, kitobxonlik madaniyatini ommalashtirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani yaqqol koʻzga tashlanmoqda.

Ammo chop etilayotgan kitoblarda bolalarning yosh xususiyatlariga mos boʻlmagan va ongiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan axborotlar aks etayotgani, ayrimlari amaldagi davlat standartlariga mos kelmasligi, tarixiy faktlar notoʻgʻri tarzda berilayotgani, noaniq va ilmiy isbotlanmagan maʼlumotlar bayon etilayotgani aniqlangan.

Shularni inobatga olgan holda 03.11.2025 yilda “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida”gi Qonuniga quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritildi:

— nashriyot bosh muharririning huquqiy maqomini belgilash;

— kitobxonlik madaniyatini ragʻbatlantirish.

Qonun bilan kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, bosh muharrir nashriyot tahririyatining ijodiy faoliyatiga rahbarlik qilishi, nashriyotning mavzu rejalari ishlab chiqilishi hamda nashrlarning qonunchilik talablariga, noshirlik faoliyati sohasidagi texnik reglament (milliy standart)lar talablariga muvofiq tayyorlanishi uchun masʼul ekani belgilanmoqda.

Endilikda bosh muharrir lavozimiga oliy maʼlumotga va noshirlik faoliyatida kamida uch yilish stajiga ega boʻlgan shaxs tayinlanadi. Bosh muharrir tashkilotning muassisi yoki rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Bundan tashqari, nashriyot nashrlarini chiqarish toʻgʻrisidagi qaror bosh muharrir tomonidan qabul qilinadi. U nashriyotning ijodiy faoliyati uchun javobgar boʻladi.

Shuningdek, Qonun bilan kitobxonlikni ragʻbatlantirish – kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish va oshirish tamoyili sifatida belgilanmoqda.

Shu bilan birga sohani rivojlantirish maqsadida 25 million dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar kiritilib, 2025 yil 1 yanvardan boshlab nashriyot korxonalari foyda soligʻini toʻlashdan 5 yil muddatga ozod etiladi.

 

 

Bo’stonliq tuman adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                                     B.I.Valiyev