Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

"El-yurt umidi" jamg'armasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta'lim olib qaytgan stipendiatlar ishga qabul qilinishida tanlovdan o‘tkaziladimi?


"El-yurt umidi" jamg'armasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta'lim olib qaytgan stipendiatlar ishga qabul qilinishida tanlovdan o‘tkaziladimi?

 

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-martdagi PF-61-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonining 6-bandida shunday deyilgan:

          “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali xorijiy mamlakatlarda taʼlim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritiladi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinadi.

Shuningdek, farmonga asosan, 2025-yil 1-iyundan boshlab:

- nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan 35 yoshgacha boʻlgan mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun uy-joy joylashgan hududdan kelib chiqib, oʻn yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 2 150 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi;

- nufuzli xalqaro fan olimpiadalari gʻolib va sovrindorlariga toʻlanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi YXKM bosh yuristkonsulti                                               

 

 

A.A.Abdug‘affarov