Янгиликлар
"Tartibga solish qumdoni" rejimi doirasida ipoteka obligasiyalarining muomalasini amalga oshirish tartibi belgilandi
"Tartibga solish qumdoni" rejimi doirasida ipoteka obligasiyalarining muomalasini amalga oshirish tartibi belgilandi
“Ipoteka obligasiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida ipoteka obligasiyalarining emissiyasi va muomalasi to'g'risida”gi vaqtinchalik nizom Adliya azirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi.
Nizomga ko'ra, “Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi” AJ to'lov agenti bo'lib, ipoteka obligasiyalari bo'yicha foizlarni to'lash va ularning nominal qiymatini so'ndirish u orqali amalga oshiriladi.
Ipoteka qoplamasi tarkibiga kiritiladigan ipoteka kreditlari quyidagi shartlarga muvofiq bo'lishi kerak, jumladan:
- kreditning garovga nisbati ko'rsatkichi 75 foizdan kam bo'lmasligi;
- ipoteka kreditini oluvchining qarz yuki ko'rsatkichi 70 foizdan ko'p bo'lmasligi;
- ipoteka krediti berilgan sanadan boshlab 6 oydan ko'p muddat o'tganligi.
Ushbu kreditlar bo'yicha quyidagi hujjatlar mavjud bo'lishi kerak:
- ipoteka va kredit shartnomalari;
- to'lovlar jadvali;
- sug'urta polisi;
- ipoteka predmeti ipotekaga beruvchiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
- ipoteka shartnomasi ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi davlat reestridan ko'chirma.
Ipoteka agenti tomonidan ipoteka obligatsiyalari bo'yicha foizlarni to'lash va ularning nominal qiymatini so'ndirish faqat Markaziy depozitariy orqali amalga oshiriladi.
|
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi YXKM bosh yuristkonsulti
|
A.A.Abdug‘affarov |