Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

“El-yur umidi” stipendiyasini olish tartibi qanday?


“El-yur umidi” stipendiyasini olish tartibi qanday?

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etilgan.

Xo‘sh, ochiq stipendiya tanlovi qachon o‘tkaziladi?

Qoida tariqasida 1 yilda kamida 2 marotaba.

Shuningdek, stipendiya yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarida quyidagi ta’lim dasturlari bo‘yicha ajratiladi:

Baklavriat – 3-4 yilgacha;

Magistratura – 1-2 yilgacha;

Doktorantura – 3-4 yilgacha.

Stipendiya quyidagi xarajatlarni qoplash uchun ajratiladi:

- o‘quv to‘lovlari (tuition fees);

- viza olish;

- tibbiy sug‘urtalash;

- yo‘lkira xarajatlari;

-yashash uchun kunlik xarajatlar;

- zarur o‘quv adabiyotlarini xarid qilish.

G‘oliblar test sinovlari va suhbat orqali aniqlanib, tanlov yakunlangandan so‘ng 1 oy muddatda g‘oliblar ro‘yxati e’lon qilinadi.

Stipendiatlarga tantanali ravishda sertifikatlar topshiriladi hamda Stipendiat, Jamg‘arma, Ish beruvchi va Moliyaviy kafillar o‘rtasida tuziladigan to‘rt tomonlama shartnoma rasmiylashtiriladi.

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi YXKM bosh yuristkonsulti                                               

 

 

A.A.Abdug‘affarov