Янгиликлар
Rieltorlik tashkilotlari tomonidan ko'chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish tartibi belgilandi
Rieltorlik tashkilotlari tomonidan ko'chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish tartibi belgilandi
Adliya vazirligi tomonidan “O'zbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (4-son RXMS) «Ko'chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish»ni tasdiqlash to'g'risida”gi buyruq davlat ro'yxatidan o'tkazildi.
Unga ko'ra, rieltorlik tashkilotlari ko'chmas mulk obyektlarini mulkdorlar manfaatlarini hisobga olgan holda boshqarish, ijaraga berish, ta'mirlash, texnik xizmat ko'rsatish, daromad va xarajatlarni boshqarish kabi xizmatlarni professional asosda amalga oshiradi.
Standart bilan quyidagi mezonlar belgilandi:
- ko'chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarishning tashkiliy jihatlari;
- ishonchli boshqaruvchi va mulkdor o'rtasidagi huquq-majburiyatlar;
- ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bo'yicha talablar;
- boshqaruvning shaffofligi va samaradorligini ta'minlash.
Mazkur milliy standart jismoniy va yuridik shaxslar uchun ko'chmas mulkdan samarali foydalanish, foyda olish va mulk qiymatini oshirish imkoniyatini yaratadi.
|
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi YXKM bosh yuristkonsulti
|
A.A.Abdug‘affarov |