Янгиликлар
Turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibi belgilandi
Turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibi belgilandi
"Turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibi to'g'risida"gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi.
Nizom "Yangi O'zbekiston manzaralari", "Buyuk allomalar" va “Zamon qahramonlari” kabi turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibini belgilaydi.
Nizomga ko'ra, turkum ijodiy asarlarning mavzu va yo'nalishlari to'g'risida har yili yanvar oyining 10-sanasigacha OAVlarda e'lon beriladi.
E'lon qilingan mavzu va yo'nalishlar bo'yicha ijodkorlarning loyiha takliflari har yili fevral oyining 5-sanasigacha qabul qilinadi.
Davlat buyurtmasi etib tasdiqlangan ijodiy loyihalarning mualliflari bilan ijodiy asarni yaratish bo'yicha shartnoma tuziladi.
Ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash maqsadida O'zbekiston Badiiy akademiyasining veb-saytida ijodkorlar taqdim etgan barcha loyiha takliflari, ushbu loyiha takliflarini ko'rib chiqish holati hamda ular yuzasidan qabul qilingan qarorlar ochiq e'lon qilib boriladi.
Yaratilgan ijodiy asarlar Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Badiiy ko'rgazmalar direksiyasi fondiga taqdim qilinadi hamda ijodkorlarga mablag'lar (mualliflik haqi) to'lab beriladi.
|
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi YXKM bosh yuristkonsulti
|
A.A.Abdug‘affarov |