Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Amerika-O'zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashini tashkil etiladi


Amerika-O'zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashini tashkil etiladi

 

“Amerika-O'zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, 2026-yil 1-yanvardan O'zbekistonning AQSHdagi elchixonasi tuzilmasiga qo'shimcha maslahatchi-elchi – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining AQSHdagi vakili lavozimi kiritildi.

Maslahatchi-elchi zimmasiga O'zbekiston va AQSHda yirik va strategik investisiya va savdo loyihalarini amalga oshirish masalalari bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri tashabbus ko'rsatish va muhokama qilish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, Farmonda 1 oy muddatda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan AQSH hududida qo'shimcha konsulliklar ochish masalasi ishlab chiqilishi belgilandi.

Bunda vatandoshlar yirik diasporalari eng ko'p to'plangan hududlarni (Filadelfiya, CHikago, Orlando va Sietl shaharlari) hisobga olish ko'zda tutildi.

 

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi YXKM bosh yuristkonsulti                                               

 

 

A.A.Abdug‘affarov