Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Korrupsiya haqida xabar berganlarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi


Korrupsiya haqida xabar berganlarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi

 

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida boʻladi.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar qiluvchi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar xizmat sirini tashkil etadi hamda faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va shaxsning oʻzining, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi organ rahbarining yozma ruxsati asosida oshkor etiladi.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar qiluvchi shaxslarning hamda ularning yaqin qarindoshlarining hayotiga va sogʻligʻiga haqiqiy tahdidni, ularga nisbatan zoʻrlik ishlatilganligini, ularning mol-mulki yoʻq qilinganligini yoki shikastlantirilganligini tasdiqlovchi yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, korrupsiyaga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organlar “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ularni himoya qilish boʻyicha zarur choralar koʻrishi shart.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslarning va ularning yaqin qarindoshlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar qilganligi sababli tajovuz qilishga, shuningdek ish beruvchi tomonidan ularning mehnatga oid huquqlari buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi hamda bu qonunga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar qiluvchi shaxslarni ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ushbu qoidalar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bila turib yolgʻon axborotni xabar qilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi, ular bunday huquqbuzarlik uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladi.

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi YXKM bosh yuristkonsulti                                               

 

 

A.A.Abdug‘affarov