Янгиликлар
Ayrim tibbiyot xodimlariga sanatoriylarga bepul yo'llanma beriladi
Ayrim tibbiyot xodimlariga sanatoriylarga bepul yo'llanma beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko'ra, 2026-yil 1-yanvardan davlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot va farmasevtika xodimlariga quyidagi qo'shimcha imtiyozlar beriladi:
- davlat tibbiyot muassasalarida kamida 3 yil ish stajiga ega bo'lgan xodimlarga Davlat byudjeti hisobidan 1 yilda 1 marotaba bepul yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko'rsatish;
- davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo'lgan xodimlarga 1 yilda 1 marotaba respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yo'llanma berish;
- barcha turdagi davlat xizmatlari uchun to'lovlar miqdorini 2 barobar kamaytirish.
|
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi YXKM bosh yuristkonsulti
|
A.A.Abdug‘affarov |