Янгиликлар
Ayrim shaxslarning Oʻzbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishiga doir tartib
Ayrim shaxslarning Oʻzbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishiga doir tartib
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessida majburlov choralari instituti takomillashtirilayotganligi munosabati bilan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 2025-yilning 15-avgust kuni qabul qilingan OʻRQ–1081-son Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilmagan, biroq Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketib, surishtiruvdan, dastlabki tergovdan yoxud suddan uzrli sabablarsiz boʻyin tovlashi mumkin deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud boʻlganda qoʻllaniladi.
Prokuror, tergovchi, surishtiruvchi Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash asoslarini bayon etgan holdaqarorchiqaradi. Iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda chiqish huquqini vaqtincha cheklash zaruriyatining yuzaga kelishiga sabab boʻlgan asoslar koʻrsatilishi lozim. Surishtiruvchining yoki tergovchining qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi. Prokuror iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboransakkiz soatdan kechiktirmayyopiq sudmajlisidakoʻrib chiqiladi.
Sudya Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
1) Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida;
2) Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni rad etish haqida.
Ajrim ustidan48 soat ichida shikoyat berilishi yoxud protest bildirilishimumkin.
Bo’stonliq tuman adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti B.I.Valiyev