Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Pora olganlik va berganlik uchun qanday javobgarlik bor?


Pora olganlik va berganlik uchun qanday javobgarlik bor?



Har qanday demokratik jamiyatning barqaror rivojlanishi va fuqarolarning davlat organlariga boʻlgan ishonchi, eng avvalo, qonun ustuvorligi va adolat tamoyillariga amal qilish bilan chambarchas bogʻliqdir. Shu nuqtai nazardan, korrupsiya va uning asosiy koʻrinishi hisoblangan pora olish hamda pora berish holatlari jamiyat taraqqiyotiga jiddiy tahdid soladi. Pora orqali mansabdor shaxsning xizmat vazifasiga daxldor qarorlariga taʼsir koʻrsatish, adolatsizlik va tenglik prinsiplarini buzish nafaqat iqtisodiy, balki maʼnaviy inqirozga ham olib keladi.

Shu sababli, pora olganlik va berganlik uchun javobgarlik masalasi har bir huquqiy davlatda, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Quyida pora olish-berish uchun qanday javobgarlik mavjud ekanligiini tahlil qilamiz.

Jinoyat kodeksining 210-moddasiga koʻra, pora olish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan oʻzi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor boʻlishi BHMning 50 baravaridan 100 baravarigachamiqdorda jarima yokimuayyan huquqdan mahrum etilgan holda 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora olish:

a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgaripora berish yoki pora olish-berishda vositachilik qilish jinoyatlarini sodir etgan shaxs tomonidan;

b) koʻp miqdorda;

v) tamagirlik yoʻli bilan;

g) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa:

5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora olish juda koʻp miqdorda, uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Jinoyat kodeksining 211-moddasida esa pora berganlik uchun javobgarlik belgilangan. Unga asosan, pora berish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora berish:

a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari pora olish yoki pora olish-berishda vositachilik qilish jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;

b) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —

5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora berish juda koʻp miqdorda, uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa,10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Basharti, shaxsga nisbatan pora soʻrab tovlamachilik qilingan boʻlsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda30 sutka mobaynidaoʻz ixtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, ujavobgarlikdan ozod etiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, Qonun hamma uchun teng. Yaʼni pora olish uchun ham pora berish uchun ham javobgarlik muqarrar. Ushbu jinoyatlar nafaqat qonunga xilof harakat sifatida, balki jamiyatning maʼnaviy ustunlariga qarshi qaratilgan ogʻir illat sifatida baholanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda faqat jazo choralari bilan cheklanib qolmasdan, balki fuqarolarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, davlat xizmatchilari oʻrtasida shaffoflik va hisobdorlik tizimini takomillashtirish ham muhim vazifa hisoblanadi. Agar har bir fuqaro pora olish va berishning jinoiy oqibatlarini chuqur anglab yetsa, bunday illatning jamiyatdagi taʼsiri tobora kamayib boradi.

 

Bo’stonliq tuman adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                                     B.I.Valiyev