Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik bor


Reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik bor

 

Bozor iqtisodiyoti sharoitida reklama isteʼmolchilarni maʼlumot bilan taʼminlash, mahsulot va xizmatlarga boʻlgan talabni shakllantirish, shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi. Ammo, reklama faoliyati belgilangan qonunchilik doirasida amalga oshirilishi lozim. Aks holda, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, isteʼmolchilarni chalgʻitadigan, raqobatga zarar yetkazadigan reklama shakllari orqali jamiyatda adolatsizlik, ishonchsizlik va huquqbuzarliklar yuzaga kelishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasida reklama sohasini tartibga soluvchi asosiy hujjat — bu “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonundir. Ushbu qonun reklama mazmuni, shakli, joylashtirish tartibi va etik meʼyorlarini belgilab beradi.

Qonunga koʻra, reklama — har qanday reklama vositalaridan foydalangan holda tarqatiladigan, mazmuni Oʻzbekiston hududida boʻlgan reklamadan foydalanuvchilarga qaratilgan va reklama obʼektiga eʼtiborni jalb qilish, unga boʻlgan qiziqishni shakllantirish yoki qoʻllab-quvvatlash, shuningdek uni bozorda bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida ilgari surish uchun moʻljallangan maxsus axborot.

Sodda qilib aytganda, reklama — bu tovarlar, xizmatlar, ishlar yoki faoliyat turlari haqida ommaviy axborot vositalari, internet, tashqi yoki boshqa kanallar orqali tarqatiladigan maʼlumot boʻlib, asosiy maqsadi — isteʼmolchida qiziqish uygʻotish va muayyan harakatga undashdir.

Qonuniy va ishonchli reklama bu isteʼmolchining manfaatlarini taʼminlaydigan vositadir. Reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy javobgarlik muqarrarligi belgilangan.

Xususan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 178(1)-moddasiga koʻra, fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik yoki atayin notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganlik, shuningdek vakolatli davlat organining reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishini tugatish haqidagi koʻrsatmasini oʻz muddatida bajarmaganlik:

BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan notoʻgʻri reklama berganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik yoki aksilreklama berishdan bosh tortganlik, xuddi shuningdek reklama qilinishi qonunchilik bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik:

BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Yuqoridagi huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyinbir yil davomida takror sodir etish:

BHMning 7 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bo’stonliq tuman adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                                      B.I.Valiyev