Янгиликлар
Sinf rahbarligi uchun qanday qoʻshimcha toʻlovlar mavjud?
Sinf rahbarligi uchun qanday qoʻshimcha toʻlovlar mavjud?
Qonunchilikkakoʻra, umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga sinf rahbarligi uchun qoʻshimcha haq toʻlovlari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan foiz hisobida sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
▪️ 15 nafar oʻquvchigacha — 26,4 foiz;
▪️ 16 nafardan 20 nafar oʻquvchigacha — 31,6 foiz;
▪️ 21 nafardan 25 nafar oʻquvchigacha — 36,9 foiz;
▪️ 26 nafardan 30 nafar oʻquvchigacha — 42,1 foiz;
▪️ 31 nafar va undan koʻp oʻquvchi boʻlganda — 52,8 foiz.
Shuningdek, “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan, umumtaʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash yoʻli bilan ularni moddiy ragʻbatlantirish belgilangan.
Pedagog xodimlarning faoliyati baholash mezonlariasosida baholanadi. Xususan, toʻplagan umumiyballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
▪️ 65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;
▪️ 71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;
▪️ 76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;
▪️ 81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;
▪️ 86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;
▪️ 91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;
▪️ 96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.
Umumtaʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarga sinf rahbarligi yuklatilganligi uchun baholash mezonlari boʻyicha 5 ball beriladi, yaʼni sinf rahbarlari oʻquvchilar soniga koʻra belgilangan qoʻshimcha haq toʻlovlaridan tashqari, bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustamani olish uchun qoʻshimcha ballarga ega boʻladilar.
Bo’stonliq tuman adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti B.I.Valiyev