Янгиликлар
Tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi qanday?
Tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi qanday?
— Yaqinda tadbirkorlik faoliyatimni boshladim. Mahsulotimga tovar belgisi olish uchun qayerga va qanday tartibda murojaat qilsam bo‘ladi?
Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentga asosan muvofiq tasvirlar, so‘zlar, muayyan shakl tarzidagi belgilar va boshqa belgilar yoki ularning istalgan bir rangdagi yoki turli rangdagi jamlama ifodasi tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
Bular:
tasvirlar,
so‘zlar,
muayyan shakl tarzidagi belgilar va boshqa belgilar yoki ularning istalgan bir rangdagi yoki turli rangdagi jamlama ifodasi tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
Qanday tovar belgilari ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi?
davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;
davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki to‘liq nomlari;
rasmiy nazorat, kafolat tamg‘alari va namuna yo‘sinidagi tamg‘alar, muhrlar;
davlat xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladigan ajratish va farqlash belgilari tasvirlari;
faqat familiyadan iborat bo‘lgan belgilar;
tashkilot va sohalarning umumqabul qilingan qisqartirilgan nomlari va abbreviaturalari;
muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umumfoydalanishda bo‘lgan belgilar. Bunday belgilar deb ma’lum bir tovar yoki turli ishlab chiqaruvchilarning shunga o‘xshash tovarlari uchun uzoq vaqt ishlatilganligi tufayli tushuncha bo‘lib qolgan belgilar tushuniladi;
umume’tirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar;
tovarlarning nomlari;
xom ashyo materialini va tarkibini ko‘rsatuvchi belgilar;
tovarlarning og‘irligi, hajmi, narxi, ishlab chiqarilgan sanasini ko‘rsatuvchi belgilar;
umumiy nomlar;
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan sertifikatlash belgilari;
sanoat namunalarini takrorlovchi belgilar ularga bo‘lgan huquq O‘zbekiston Respublikasida o‘zga shaxslarga tegishli bo‘lganda;
O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan ilmiy asarlar, adabiyot va san’at asarlarining nomlarini, ularning qahramonlarini yoki iboralarini, san’at asarlarini yoki ulardan ko‘rinishlarni mualliflik huquqiga ega bo‘lgan shaxs yoki uning huquqiy vorislari (merosxo‘rlari) roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar.
Talabnomada qanday talablar bo‘lishi lozim?
Talabnoma quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza;
talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri;
belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlarning ro‘yxati.
Talabnoma jamoaviy belgiga oid bo‘lganda, talabnomaga yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasi qatnashchilarining jamoaviy belgidan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuvi ilova qilinadi.
Davlat xizmatini ko‘rsatishda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan miqdorda patent boji to‘lanadi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Patent boji to‘lovi yagona billing tizimi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.
Bo’stonliq tuman adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti B.I.Valiyev