Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

XALQARO IMTIHON TIZIMLARI BOʻYICHA YUQORI BALL (DARAJA) TOʻPLAGAN YOSHLARGA IMTIHON TOPSHIRISH XARAJATLARINI TOʻLIQ QOPLAB BERISH QANAQA TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI???


XALQARO IMTIHON TIZIMLARI BOʻYICHA YUQORI BALL (DARAJA) TOʻPLAGAN YOSHLARGA IMTIHON TOPSHIRISH XARAJATLARINI TOʻLIQ QOPLAB BERISH QANAQA TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI???

Bugungi kunda, aholining ijtimoiy muhofaza qilish va fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bir qator qonun hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Xususan, xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-aprel kunidagi “Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish tartibini joriy etish toʻgʻrisida”gi 209-son Qarori bilan tartibga solinishi nazarda tutilgan.

Xususan, mazkur qarorning 1-ilovasi 5-bandiga muvofiq imtihon uchun kompensatsiya toʻlab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.

Bunda ariza beruvchi istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.

Ariza beruvchining imtihon uchun kompensatsiya soʻrab qilgan murojaatiga asosan davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining imtihon uchun kompensatsiya soʻrab qilgan nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi va quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qiladi: a) imtihon topshirish xarajati toʻlanganini tasdiqlovchi toʻlov kvitansiyasi (pdf formatda); b) maxsus sertifikat (pdf formatda).

Davlat xizmatini koʻrsatish bepul amalga oshiriladi.

Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning soʻrovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda Yoshlar ishlari agentligiga elektron shaklda yuboriladi.

Murojaat qilish jarayonida ariza beruvchi imtihon uchun kompensatsiyani olish uchun oʻziga qulay hududdagi Xalq banki filialini tanlaydi.

Yoshlar ishlari agentligi ariza beruvchining murojaati YIDXP orqali tushgan paytdan boshlab 12 ish kuni mobaynida maxsus sertifikatni verifikatsiyadan oʻtkazadi.

Agar maxsus sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlashning imkoni boʻlmasa, Yoshlar ishlari agentligi imtihon tashkil etishga masʼul vakolatli tashkilotga maxsus sertifikatning haqiqiyligini soʻrab soʻrov yuboradi. Bunda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yuborilgan soʻrovning elektron shakli (pdf formatda) idoralararo elektron tizimga joylashtirilganda, maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlatish muddati 30 kalendar kunga uzaytiriladi.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan masʼul vakolatli tashkilotga yuborilgan soʻrovga 30 kun muddatda javob olinmaganda, shuningdek, maxsus sertifikatning haqiqiy yoki haqiqiy emasligi haqida kechikib javob olinganda, Yoshlar ishlari agentligi bu haqda SMS yuborish orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.

Bunda maxsus sertifikat haqiqiyligi masʼul vakolatli tashkilot tomonidan 30 kun muddat oʻtib tasdiqlanganda, ariza beruvchi mazkur Reglament talablariga muvofiq takroran murojaat qilgandan soʻng unga imtihon uchun kompensatsiya toʻlab beriladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, fuqarolar tomonidan o‘zlari yashab turgan tuman(shahar) davlat xizmatlari markaziga murojaat etishlari yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tishlari orqali amalga oshirilishi mumkin.

 

Qibray tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish sho‘basi                                 Abdusattorov Jaxongir Jalolovich