Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

AVTOTRANSPORT VOSITALARI OYNALARINING TUSINI OʻZGARTIRISHGA (QORAYTIRISH) RUXSATNOMA OLISH QANAQA TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI???


AVTOTRANSPORT VOSITALARI OYNALARINING TUSINI OʻZGARTIRISHGA (QORAYTIRISH) RUXSATNOMA OLISH QANAQA TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI???

Bugungi kunda, aholining ijtimoiy muhofaza qilish va fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bir qator qonun hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Xususan, avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyul kunidagi “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha
chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 465-son Qarori bilan tartibga solinishi nazarda tutilgan.

Xususan, mazkur qarorning 2-bandiga muvofiq avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatiladi.

Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.

Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ishlari ruxsatnoma va tasdiqlangan davlat standartiga muvofiq avtotransport vositasi egasi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Ruxsatnoma bir yil muddatga beriladi.

Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) oid davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan koʻrsatilganda, ushbu xizmat uchun yigʻimlar Vazirlar Mahkamasining “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qarorida koʻrsatilgan miqdorlarda toʻlanadi.

“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) oid davlat xizmati uchun yigʻimlar davlat xizmati YIDXP orqali koʻrsatilganda, Vazirlar Mahkamasining “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qarorida belgilangan miqdorlarning 90 foizi toʻlanadi.

Davlat xizmati vakolatli organ tomonidan “Avtomototransport” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda koʻrsatiladi.

Agar ariza beruvchi davlat xizmatidan YIDXP orqali foydalanmoqchi boʻlsa, u YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi hamda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.

Tizim orqali soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi tasdiqlangach, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qaroriga muvofiq ruxsatnoma berish uchun toʻlov stavkalari asosida elektron toʻlov varaqasi (invoys) shakllantiriladi.

Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnoma uchun toʻlov 10 kun muddatda amalga oshiriladi.

Vakolatli organ ariza beruvchi tomonidan toʻlov amalga oshirilgach, ikki soat davomida avtomatik ravishda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ruxsatnomani rasmiylashtiradi hamda ariza beruvchiga yoki uning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, fuqarolar tomonidan o‘zlari yashab turgan tuman(shahar) davlat xizmatlari markaziga murojaat etishlari yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tishlari orqali amalga oshirilishi mumkin.

 

Qibray tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi servis memenjeri                                                         Avalboyeva Soxiba Balqirahmon qizi