Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

DAVLAT XIZMATLARINI KOʻRSATISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA QONUNCHILIKDA QANDAY YANGILIKLAR MAVJUD?


DAVLAT XIZMATLARINI KOʻRSATISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA QONUNCHILIKDA QANDAY YANGILIKLAR MAVJUD?

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentyabrdagi
PF-157-sonli “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoninin 7-bandiga asosan Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi “Vakolat.uz” platformasini ishga tushirish haqidagi taklifi maʼqullangan:

davlat xizmatlaridan foydalanish va davlat xizmati natijalarini olish boʻyicha boshqa shaxslarga ishonchnomalarni rasmiylashtirish;

yuridik shaxslar tomonidan rasmiylashtirilgan ishonchnomalarni ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtkazish;

barcha turdagi ishonchnomalarning haqiqiyligini onlayn rejimda tekshirish;

“Vakolat.uz” platformasidan bepul asosda foydalanish.

Shuningdek, mazkur farmonning 5-banidga muvofiq 2025-yil 1-noyabrdan boshlab:

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — Yagona portal) jismoniy shaxslarning ushbu Farmonga 2-ilovaga muvofiq shaxsga doir maʼlumotlari ularning shaxsiy kabineti orqali real vaqt rejimida taqdim etiladi.

Bunda:

jismoniy shaxsning Yagona portaldagi shaxsga doir maʼlumotlari ularning qogʻoz shakliga tenglashtiriladi;

ushbu maʼlumotlar Yagona portalning mobil ilovasidan foydalangan holda koʻrsatilganda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur maʼlumotlarning qogʻoz shaklini talab qilish taqiqlanadi;

davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat qilinganda pensionerlarga, homilador ayollarga va uch yoshga toʻlmagan bolasi bilan kelgan fuqaroga davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanish boʻyicha imtiyoz beriladi;

jismoniy shaxslarni yagona identifikatsiya tizimidan (OneID) roʻyxatdan oʻtkazishda muqobil tarzda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face ID) tartibi yoʻlga qoʻyiladi;

avtomototransport vositasi mulkdorining maʼlumotlari oʻzgarganda mulkdorning xohishiga koʻra avtomototransport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha ariza kompozit tarzda FHDY organi yoki davlat xizmatlari markazi tomonidan ichki ishlar organlariga yuboriladi;

davlat xizmatlari markazlariga Yagona portal orqali joriy etilgan barcha davlat xizmatlari boʻyicha aholi va tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatish huquqi beriladi;

Yagona portal, davlat xizmatlari markazlari va “Litsenziya” axborot tizimi orqali berilgan arizalar asossiz rad etilganda fuqarolarning murojaatlari va adliya organlarining tegishli xulosasiga asosan davlat xizmati uchun undirilgan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan qismi ular tomonidan fuqarolarga qaytarib beriladi.

Mazkur qaror orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish yanada takomillashadi va aholi va tadbirkorlik subyektlariga ancha qulayliklar yaratilishi ta’minlanadi.

 

Qibray tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi                                                           Xayridinova Munira Shakirdjanovna