Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLARNI KONSERVATSIYA QILISH BOʻYICHA DAVLAT XIZMATINI KOʻRSATISH QANAQA TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI???


QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLARNI KONSERVATSIYA QILISH BOʻYICHA DAVLAT XIZMATINI KOʻRSATISH QANAQA TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI???

Bugungi kunda, aholining ijtimoiy muhofaza qilish va fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bir qator qonun hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Xususan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-sentabr kunidagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida”gi 590-son Qarori bilan tartibga solinishi nazarda tutilgan.

Xususan, mazkur qarorning 1-ilovasi 8-bandiga muvofiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha davlat xizmati mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.

Ariza beruvchi Ishchi organ tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida yoki oʻz tashabbusiga koʻra oʻziga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish uchun Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan murojaat qiladi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtadi.

Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.

Agar ariza “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxs yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa, bunday shaxslarning arizalari boʻyicha ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan yigʻimning 50 foizi miqdorida chegirma qoʻllanadi.

Ishchi organlar ariza beruvchining arizasini olgan kundan boshlab:

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti besh ish kuni davomida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni joyiga chiqib oʻrganadi, uning tuproq holati va sifat koʻrsatkichlarini aniqlaydi hamda maʼlumotlarni “E-ijara” ATga kiritadi;

“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti oʻn ish kuni davomida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni joyiga chiqib oʻrganadi, kontur raqami, yer turi boʻyicha maʼlumotlarni shakllantiradi, tuproq holati va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni inobatga olgan holda, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasini ishlab chiqadi hamda xulosa tayyorlaydi, loyiha va xulosani kelishish uchun “E-ijara” AT orqali Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga yuboradi.

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan oʻn ish kuni davomida koʻrib chiqiladi hamda “E-ijara” AT orqali kelishiladi.

Agar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasi va xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan oʻn ish kuni davomida koʻrib chiqilmasa, loyiha va xulosa kelishilgan deb hisoblanadi.

Ishchi organlar uch ish kuni davomida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish loyihasini va xulosasini koʻrib chiqadi hamda tasdiqlash yoki rad etish uchun “E-ijara” AT orqali vakolatli organga yuboradi.

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirish muddati xulosada koʻrsatiladi va ushbu muddat besh yildan yigirma yilgacha belgilanadi.

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha konservatsiya qilish loyihasini amalga oshirishda mualliflik nazoratini amalga oshirishga ruxsat etiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, fuqarolar tomonidan o‘zlari yashab turgan tuman(shahar) davlat xizmatlari markaziga murojaat etishlari yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tishlari orqali amalga oshirilishi mumkin.

 

Qibray tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi                                                                     Musurmonova Farangiza Akmal qizi