Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARIGA SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK XULOSA BERISH BOʻYICHA DAVLAT XIZMATINI KOʻRSATISH QANAQA TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI???


OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARIGA SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK XULOSA BERISH BOʻYICHA DAVLAT XIZMATINI KOʻRSATISH QANAQA TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI???

Bugungi kunda, aholining ijtimoiy muhofaza qilish va fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bir qator qonun hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Xususan, oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-noyabr kunidagi “Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 720-son Qarori bilan tartibga solinishi nazarda tutilgan.

Xususan, mazkur qarorning 1-ilovasi 11-bandiga muvofiq
sanitariya-epidemiologik xulosani berish boʻyicha davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.

Sanitariya-epidemiologik xulosa quyidagi holatlarda olinishi lozim:

Ø yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilganda;

Ø ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibi oʻzgarganda;

Ø mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonining konstruksiyalari, jamlanmalari oʻzgarganda;

Ø tajriba uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarga;

Ø respublika hududiga olib kiriladigan oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik mahsulotlariga;

Ø mahsulot ishlab chiqarish uchun berilgan sanitariya-epidemiologik xulosaning amal qilish muddati tugaganda.

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.

Soʻrovnoma YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

Bunda soʻrovnoma ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni vakolatli organga tushgan va ular tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.

Chetdan olib kelinadigan oziq-ovqat mahsulotiga sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirib berish boʻyicha soʻrovnoma berilayotgan vaqtda mahsulotning yaroqlilik muddati umumiy yaroqlilik muddatidan 60 foizdan kam boʻlmasligi shartligi belgilangan.

Davlat xizmatini koʻrsatish uchun ariza beruvchidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng bir ish kun ichida soʻrovnomada va (yoki) hujjatlarda xato-kamchiliklar boʻlmasa hamda toʻliq taqdim etilgan boʻlsa, maxsus ekspertiza oʻtkazilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan tariflar boʻyicha shakllantirilgan invoys raqamini Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.

Invoys ariza beruvchiga yuborilganidan keyin unda koʻrsatilgan toʻlov uch kalendar kun ichida toʻliq toʻlanmagan taqdirda, vakolatli organ maxsus ekspertiza oʻtkazishni rad etadi.

Vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan invoys raqamiga asosan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish boʻyicha toʻlovlar ariza beruvchi tomonidan toʻlanadi.

Invoysda belgilangan toʻlov ariza beruvchi tomonidan toʻliq toʻlanganidan keyin vakolatli organ tomonidan uch ish kuni ichida belgilangan tartibda mahsulot ishlab chiqarish korxonasi yoki mahsulot saqlanayotgan obyektning sanitariya qoidalariga muvofiqligi yuzasidan maxsus ekspertiza oʻtkazish hamda laboratoriya sinovlari uchun mahsulotlardan namunalar olish uchun masʼul sanitariya vrach(lar)i tayinlanadi.

Masʼul sanitariya vrachi bir ish kuni ichida belgilangan tartibda mahsulot ishlab chiqarish korxonasi yoki mahsulot saqlanayotgan obyektni sanitariya qoidalariga muvofiqligi yuzasidan joyiga chiqqan holda oʻrganadi hamda sanitariya-epidemiologik tekshiruv oʻtkazilgani haqida dalolatnoma rasmiylashtirib, oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan namunalar olish boʻyicha dalolatnoma tuzadi va laboratoriyaga namuna taqdim etadi.

Masʼul sanitariya vrachi tomonidan mahsulot namunasini yoʻnalishi boʻyicha sanitariya-gigiyena, radiatsion gigiyena, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya sinovlari uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan miqdorda oladi va mahsulot egasi yoki uning vakili ishtirokida ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olish boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma rasmiylashtiradi.

Oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olish boʻyicha dalolatnoma masʼul sanitariya vrachi va mahsulot egasi yoki uning vakilining shaxsiy imzosi bilan imzolanadi. Uning bir nusxasi mahsulot egasi yoki uning vakiliga topshiriladi.

Laboratoriya sinovi bayonnomasi, sanitariya-epidemiologik tekshiruv oʻtkazilgani haqidagi dalolatnomalar mahsulotning inson hayoti va sogʻligʻi uchun xavfsizlik koʻrsatkichlari talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida sanitariya-epidemiologik xulosa berish uchun asos boʻladi.

Vakolatli organ sanitariya-epidemiologik xulosani QR-kod (matrik shtrixli kod) orqali tasdiqlaydi hamda bir ish kunida Davlat xizmatlari markaziga, YIDXP orqali murojaat etilganda esa ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, fuqarolar tomonidan o‘zlari yashab turgan tuman(shahar) davlat xizmatlari markaziga murojaat etishlari yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tishlari orqali amalga oshirilishi mumkin.

 

Qibray tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi                 Tashxodjayeva Nigora Saydaxmatovna