Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Notariat instituti yanada takomillashtirilmoqda.


Notariat instituti yanada takomillashtirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-sentabrdagi PQ-280-sonli qaroriga asosan 2026-yil 1-martdan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining ming baravarigacha boʻlgan quyidagi fuqarolik-huquqiy nizosiz talablar boʻyicha notariuslar tomonidan ijro xatlarini yozish tartibi joriy etildi.

notarial tasdiqlangan bitimlarga asoslangan talab;

yozma va notarial tasdiqlangan bitim mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti boʻlgan koʻchar mol-mulkka qaratish toʻgʻrisida talab;

ijara toʻlovlari, koʻp kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlaridan majburiy badallar va toʻlovlar, kommunal va aloqa xizmatlari boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida talablar.

Bundan tashqari, muvofiq notarial xizmatlar koʻrsatishda 2025-yil
1-dekabrdan boshlab quyidagi talablar bekor qilinishi belgilandi:

respublika hududida notarial tasdiqlangan nikoh shartnomalari nusxasini “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — Tizim) majburiy yuklash tartibini joriy etish orqali ularning aslini notariuslar tomonidan talab qilish;

notarial harakatlarni amalga oshirish jarayoni qayd etilgan audio va videoyozuv fayllarini elektron qurilmalarda saqlash.

 

 

Klichbayev Muhammad

Notariat, advokatura va mediatsiya
sho‘basi bosh maslahatchisi