Янгиликлар
Xodim malaka oshirishga borganda ish haqi to‘lanadimi?
Xodim malaka oshirishga borganda ish haqi to‘lanadimi?
Mehnat kodeksining 367-moddasiga asosan malaka oshirish deganda xodimning undagi mavjud kasb va mutaxassislik bo‘yicha ishlarni bajarishga tayyorligini tavsiflovchi, xodimning kasbiy bilimlari, malakalari va ko‘nikmalari darajasini takomillashtirish tushuniladi.
Mehnat kodeksining 280-moddasi (ish beruvchining xodimga kafolatli to‘lovlarni amalga oshirish majburiyati)ga ko‘ra, ish beruvchi xodimga xodim ishdan ajralgan holda o‘zi va ish beruvchi uchun majburiy bo‘lgan qayta tayyorlashdan yoki majburiy malaka oshirishdan o‘tgan davr uchun kafolatli to‘lovlarni amalga oshirishi shart.
Shu kabi qoida Mehnat kodeksining 286-moddasi (ish beruvchining xodimga kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish majburiyati)da ham quyidagicha belgilab qo‘yilgan:
xodim ish beruvchining yo‘llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tganda xodimga uning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarni ish beruvchi kompensatsiya qilishi shart.
Shuningdek, Mehnat kodeksining 290-moddasiga binoan agar ish beruvchining yo‘llanmasi bo‘yicha xodimning kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tishi boshqa joyga ko‘chishni talab qilsa, xodimga o‘qish joyiga borish va qaytib kelish, shuningdek uy-joyni ijaraga olish xarajatlarining o‘rni qoplanadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, xodim malaka oshirishda bo‘lganda uning o‘rtacha ish haqi to‘lab berilishi kerak.
|
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi YXKM bosh yuriskonsulti |
A.Rajabov |